Putin bilan jonli muloqot uchun 2 millionga yaqin murojaat kelib tushdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, ayni damda Rossiya xalqi bilan onlayn muloqot o‘tkazmoqda. Mazkur muloqot tashkilotchilari tadbir boshlanganga qadar 2 millionga yaqin murojaat kelib tushganini ma’lum qilishdi. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.
Ko‘pchilik fuqarolar savollarni qo‘ng‘iroq qilib bildirishgan (1 milliondan ziyod). 385 ming kishi esa SMS xabar yuborishni ma’qul topgan. Internet orqali esa 202 ming, MMS xabarnoma orqali esa 41 ming kishi murojaat qilgan. Ayrimlar ijtimoiy tarmoqlar orqali savol yo‘llagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter