Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin keyingi yil saylovda qatnashishini e’lon qildi

Putin keyingi yil saylovda qatnashishini e’lon qildi

Rossiyaning amaldagi rahbari, mamlakatni 2000-yildan beri boshqarayotgan Vladimir Putin 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qildi.

Rus OAVlariga ko‘ra, tan olinmagan DXR parlamenti spikeri Artem Joga Putindan saylovga borishni so‘ragan va Rossiya prezidenti rozilik bildirgan. 

Agar u g‘alaba qozonsa, bu Vladimir Putinning davlat rahbari sifatida beshinchi muddatga saylanishi bo‘ladi.

2020-yilda Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlar Putinning 2036-yilga qadar hokimiyatda qolishini kafolatlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, 7-dekabr kuni Rossiya Federatsiya Kengashi 2024-yil 17-mart kuni prezidentlik saylovi bo‘lishini e’lon qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring