Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin prezidentlikdan ketsa Rossiyada nima bo‘lishi haqida gapirdi

Putin prezidentlikdan ketsa Rossiyada nima bo‘lishi haqida gapirdi

Foto:«RBK»

NBC telekompaniyasi jurnalisti Kir Simmons Putindan 2036-yilgacha o‘z lavozimida qolish imkoniyatini beradigan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarni eslab, undan keyin Rossiyada nima bo‘lishini so‘radi.

Putin esa birinchi marta ish boshlagan 2000-yillarni esladi. «Mamlakat suverenitetini, hududiy yaxlitligini saqlash arafasida muvozanatlashayotgan, qashshoqlik chegarasidan past bo‘lgan fuqarolar soni ko‘p va bu ahvol halokatli edi. Endi ham muammolar juda ko‘p, ammo vaziyat umuman boshqacha. Bir kuni mening o‘rnimga boshqa prezident albatta keladi. Nega hammasi birdaniga barbod bo‘lish kerak?» - deydi Putin.

«Siyosiy sahnada har xil qarashlarga ega turli odamlar paydo bo‘lishi boshqa masala. Bu yaxshi», - deb qo‘shimcha qildi Putin.

Prezidentning aytishicha, u ketgach «mamlakat bir kechada qulab, barbod bo‘lmaydi».

Shu bilan birga, Putin, agar u konstruktiv qarashlarga ega, «mamlakatga sadoqatli» va «butun hayotini Vatan uchun bag‘ishlashga tayyor» odamni ko‘rsa, uni qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilishini ta’kidladi.

Putindan keyingi davr, siyosiy kun tartibi masalasi ko‘p marotaba ko‘tarilib keladi. Ammo prezidentning o‘zi bu borada aniq bir fikr aytmagan. 

Vladimir Putin 2000 yildan beri Rossiyaga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning faoliyati davomida mamlakatning G‘arb bilan munosabatlari (ayniqsa, 2014-yilgi Qrim anneksiyasi sabab) yomonlashdi. Geopolitika sahnasida Rossiya yozg‘izlanib qolayotgani bo‘yicha fikrlar paydo bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring