Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qariyb 70 yillik «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi tugatildi

Qariyb 70 yillik «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi tugatildi

2023-yil 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev «Jadid»  gazetasini ta’sis etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan va ushbu nashrni 2024-yilning birinchi kunida chop etish taklifini ilgari surgan edi.

Mazkur gazeta 1956-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston madaniyati» nomi bilan chop qilinib, 1981-yildan to 2023-yilning so‘ngiga qadar «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» nomini olgan gazeta negizida tashkil qilingan.

«Jadid»  gazetasining ilk soni lotin va kirill alifbolarida (jami 17 156 nusxada), O‘zbekiston xalq shoiri, gazeta bosh muharriri Iqbol Mirzoning «Muharrir minbari» rukni ostidagi «Birlashmoq davri» sarlavhali bosh maqolasi bilan nashrdan chiqdi.

Gazeta sahifalarida, shuningdek, ma’rifatparvar jadidlarning millatni isloh etishga oid g‘oyalari, «Manbalar», «Tamaddun», «Oyina», «Boqiy meros», «Davr ruhi», «Meros», «Moziy sabog‘i», «Fikr maydoni»  kabi ruknlar ostida  taniqli adabiyotshunoslar,  yozuvchilar, publitsistlar,  olimlar, tarixchilarning ilmiy-ommabop maqolalari joy olgan.

Gazeta Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda «Shahidlar xotirasi» jamoat fondi ta’sischiligida chop etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avvalida «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi Bosh muharriri lavozimiga Humoyun Akbarov tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring