Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qarshi — Kitob» temiryo‘l tarmog‘i mustaqillik arafasida foydalanishga topshiriladi

«Qarshi — Kitob» temiryo‘l tarmog‘i mustaqillik arafasida foydalanishga topshiriladi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AK matbuot xizmati

Qarshi-Kitob temir yo‘l liniyasini modernizatsiya qilish va elektrlashtirish loyihasi to‘liq nihoyasiga yetkazildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AK matbuot xizmati xabar berdi.

Bizga ma’lum qilishlaricha, umumiy uzunligi qariyb 124 kilometr bo‘lgan mazkur loyiha «O‘zbekiston temir yo‘llari» akiyadorlik jamiyatining tajribali mutaxassislari tomonidan qisqa fursatda amalga oshirilgan. Ushbu yo‘nalishda vokzallar  yangidan qurilib, stansiyalar rekonstruksiya qilingan. 2 ta ko‘prik, 20 ga yaqin sun’iy inshoot bunyod etilgan. Mavjud temir yo‘llar  modernizatsiya qilinib, atrofini panjara bilan o‘ralgan. Bu ishlarga 100 ga yaqin zamonaviy texnika, 300 nafardan ziyod mutaxassislar jalb qilingan.

Bundan tashqari, soha energetiklari tomonidan loyiha doirasida rejalashtirilgan 94 km masofaga temir beton ustunlari o‘rnatish, ularga konsollar ilish, kontakt simlari tortish kabi barcha ishlar to‘liq yakunlangan. Shuningdek, o‘tgan vaqt mobaynida 1 ta nim tortish stansiyasi ham qurib ishga tushirildi.

Bugun, 25-avgust kuni Qarshi-Kitob yo‘nalishida ilk sinovlar boshlandi. Yo‘nalishda elektrovoz hamda Afrosiyob zamonaviy elektropoyezdi sinab ko‘rilmoqda. Yangi temiryo‘l tarmog‘i mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring