Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida qozonxona portlab ketdi

Qarshida qozonxona portlab ketdi

Foto: FVV

Qarshi shahridagi ko‘pqavatli uylarni isitishga mo‘ljallangan qozonxonada portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11 yanvar kuni soat 21:25 larda Qarshi shahri «Gungon» MFY hududida joylashgan to‘rt qavatli 1, 2, 3-uylarni isitish uchun mo‘ljallangan qozonxonada gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan. Qozonxonaning yengil konstruksiya usulida qoplangan tom qismi qulab tushgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB rahbariyati, Qarshi shahar sektor rahbarlari, shahar FV bo‘limi boshlig‘i hamda mas’ul va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.

Hozirda mutasaddi idora vakillari tomonidan qozonxonani tiklash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring