Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarzini soxta dollar evaziga «uzgan» «uddaburon» ushlandi

Qarzini soxta dollar evaziga «uzgan» «uddaburon» ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro A.X. fuqaro N.M.dan olgan 13,4 mln so‘m qarzi evaziga notanish fuqarodan sotib olgan qalbaki 50 AQSh dollarlik kupyuralar bilan hisob-kitob qilib, jami 1 200 qalbaki AQSh dollarini berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring