Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda mansabdor shaxs 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda mansabdor shaxs 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi «Xavfsiz daryo boshqarmasi» davlat muassasasining Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi mansabdor xodimi pora bilan qo‘lga tushdi.

U DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan maxsus texnikalar yordamida Qashqadaryo daryosi atrofidan noqonuniy ravishda qum qazib olayotganlik holatini aniqlab, unga nisbatan chora ko‘rmaslik va ushbu noqonuniy holat yuzasidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan ekskavator-yuklagich texnikasini chiqarib berish, shuningdek, kelgusida qum qazib olishida rahnamolik qilish evaziga 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyatidagi qurilish ob’yektlarida nazorat o‘lchov faoliyatini amalga oshiruvchi MChJning yetakchi mutaxassisi Jizzax viloyatida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan joriy yilning may oyida prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida, ushbu MChJ tomonidan Yangiobod tumanida amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat o‘lchovida aniqlangan qo‘shib yozish holatlarini tekshiruv xulosasida ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis talab qilingan pul mablag‘idan 150 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Holat bo‘yicha qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari hamda 28,211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring