Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda sigareta chekib uxlab qolgan erkak yong‘in oqibatida halok bo‘ldi

Qashqadaryoda sigareta chekib uxlab qolgan erkak yong‘in oqibatida halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 1 oktyabr kuni soat 01:45larda  «Navo» MFY Yangi Darvoza ko‘chasi 103-uyda yashagan 1965 yilda tug‘ilgan G‘.Sh. uyida mast holda, sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida sigaret kukuni ko‘rpa ustiga tushib, yong‘in sodir bo‘lgan.

IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 01:55da qurshab olinib, soat 02.20da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida uyning 35 kv.m. maydonda tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda G‘.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring