Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda o‘qituvchilar o‘rtasidagi janjalga munosabat berildi

Qashqadaryoda o‘qituvchilar o‘rtasidagi janjalga munosabat berildi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi 89-umumta’lim maktab direktor o‘rinbosari  A.S. va ingliz tili fani o‘qituvchisi B.M. lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan.

Qashqadaryo Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i Ubaydulla Oripovning ma’lum qilishicha, mazkur maktab faoliyati 2023-yilda ham bir necha marotaba o‘rganilgan.Ta’lim tizimida islohotlarni o‘rnatilgan tartib asosida amalga oshirilishi nazoratga olingan. Pedagog xodimlar faoliyatiga esa huquqiy baho beriladi.

Shuningdek, 89-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori Kamol Turdiyev o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.S. 2023-yil 14-noyabrda o‘z arizasiga asosan ishdan bo‘shatilgan. Shuningdek, 2024-yil 31-yanvarda Chiroqchi tumanlararo sudi qaroriga asosan vazifasiga qayta tiklangan. Ammo maktab direktorining buyrug‘i chiqmagan bo‘lsa-da, maktab faoliyatiga aralashib kelgan va kelishmovchilik ham shuning ortidan kelib chiqqan.

Jandal vaqtida ingliz tili fani o‘qituvchisi B.M. hushidan ketib yiqilgan. Maktab ma’muriyati tomonidan zaruriy yordam ko‘rsatilgan va B.M. turmush  o‘rtog‘i hamda o‘qituvchilar yordamida shaxsiy avtomobili bilan Qarshi shahridagi shifoxonaga olib ketilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring