Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasi masalasi yechilsa, yana 6-7 ta o‘tkazish punktlari ochiladi

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasi masalasi yechilsa, yana 6-7 ta o‘tkazish punktlari ochiladi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish tugagandan so‘ng 6-7 tadan o‘tkazish punktlarini ochadi.

Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov parlamentdagi chiqishida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston prezidenti parlamentga deputatlarni qirg‘iz-o‘zbek chegarasi bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatlashga ishontirish uchun kelgan.

– Agar muammoni bugun hal qilmasak, ertaga bunday muvaffaqiyatli kelishuvga erisha olmasligimiz mumkin.
Ba’zi deputatlar Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasi masalasini keyinga suringlar, deyapti. Bu to‘g‘ri emas. Qo‘shni davlatlar aholisi ko‘payib bormoqda. Yer masalasini bugun hal qilish kerak, – deqdi Japarov.

Qayd etilishicha, agar kelishuv bugun ratifikatsiya qilinsa, Bishkek va Toshkent 300 km dan ortiq uzunlikdagi chegarani delimitatsiya qilishni yakunlashi mumkin.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda ikki davlat chegarasida jami 15 ta nazorat punkti mavjud. Ammo ko‘pchilik hozir ishlamayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring