Qirg‘izistondagi maktablarning biriga bomba o‘rnatilgani haqida xabar tarqaldi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri Bokonbayev tumanidagi 67-sonli maktab o‘quvchilari evakuatsiya qilindi. Bunga maktab pochtasiga kelib tushgan binoga bomba o‘rnatilgani haqidagi xabar sabab bo‘lgan.
O‘quvchilarning ota-onalari bo‘lgan guruhga maktab ma’muriyati bolalarga uyga ketishga ruxsat berilgani haqida xabar berishgan, biroq sababi aytilmagan.
Bishkek shahri ma’muriyati bergan xabarga ko‘ra, 62-sonli maktabning elektron pochtasiga o‘zini Talant Azizov deb tanishtirgan shaxs 67-maktabga bomba o‘rnatgani haqidagi xabar jo‘natgan.
Maktab ma’muriyati bu faktni darhol politsiyaga xabar qilgan. Politsiya 67-maktabga borgan. Binoda bo‘lganlarning hammasi evakuatsiya qilingan va tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, maktabga kinolog va sapyorlar jalb qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter