Qorabog‘da ozarbayjonlik askarlarning uchta yirik qabri topildi (foto)

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Qorabog‘dagi Xo‘javand tumanining Edilli qishlog‘ida ozarbayjon askarlari qoldiqlari bo‘lgan uchta ommaviy qabr topildi.
«Ko‘milgan joydan qo‘l va oyoqlari sim va arqonlar bilan bog‘langan holda ko‘milgan 12 kishining jasadi topildi. Kiyimlariga qaraganda, bu shaxslar harbiylar bo‘lgan va bu ozarbayjonlik harbiy asirlarning qiynoqlar yordamida o‘ldirilgani haqidagi ko‘plab guvohliklarni tasdiqlaydi», — deyiladi xabarda.
Ombudsman idorasiga ko‘ra, topilgan qoldiqlar birinchi Qorabog‘ urushi paytida (1990-yillar boshida) bedarak yo‘qolgan va taqdiri hozircha noma’lum bo‘lgan ozarbayjonlarga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda.
Hisobotda ta’kidlanishicha, Armaniston tomoni sodir etgan harbiy jinoyatlarini jahon hamjamiyatidan yashirish maqsadida bu shaxslarning taqdiri, shuningdek, ozarbayjonlarning ommaviy qabrlari haqida ma’lumot berishdan qochgan.
Ozarbayjon tomoniga ko‘ra, topilgan qabr Armaniston tomonidan 1949 yildagi Jeneva konvensiyalari buzilganini yana bir bor tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter