Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston voqealari: Komissiya va Jo‘qorg‘i Kenges ba’zi fuqarolarning qamoq ehtiyot chorasini yengilrog‘iga almashtirishni so‘radi

Qoraqalpog‘iston voqealari: Komissiya va Jo‘qorg‘i Kenges ba’zi fuqarolarning qamoq ehtiyot chorasini yengilrog‘iga almashtirishni so‘radi

Foto: Xabar.uz

Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya tomonidan sodir etgan qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari bor, shuningdek oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati og‘ir hamda oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati shakllantirilgan edi.

Yakkama-yakka shaklda o‘tkazilgan suhbat davomida ular vaziyatni yaxshi anglamagan holda yolg‘on axborotlar ta’siriga tushib qolishganini va sodir etgan qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon ekanliklarini bildirishdi. Ayniqsa, ayollar farzandlarini juda sog‘inishganini va bo‘lib o‘tgan voqealardan to‘g‘ri xulosa chiqarishganini ma’lum qilishgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Komissiya a’zolari tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatdagi shaxslarga mahalliy tuman kengashlari deputatlarini jamoatchilik kafilligi asosida biriktirish taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Komissiya va Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan sodir etgan qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari bor, shuningdek oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati og‘ir hamda oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lgan fuqarolarga insonparvarlik tamoyili asosida qamoq ehtiyot chorasini jamoatchilik nazorati va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishini so‘rab Bosh prokuraturaga taklif kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring