Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shnining uyini o‘margan xovoslik qizni xotin-qizlar qo‘mitasi kafillikka oldi

Qo‘shnining uyini o‘margan xovoslik qizni xotin-qizlar qo‘mitasi kafillikka oldi

Sirdaryo viloyati, Xovos shaharchasida istiqomat qiladigan Sh. Xamidova (nomi o‘zgartirilgan) o‘z qo‘shnisining uyini o‘margani haqida xabar bergan edik. Bu borada sud hukmi o‘qildi.

Sh.Xamidova 2019 yil 25 aprel kuni ko‘shnisi B.Ochilovaning uyida o‘tkazilayotgan xasharga kelgan L.Yunusovaning uyida yo‘qligidan foydalanib, uning yashash xonadonidagi qo‘shimcha orqa eshigini ochib, xonadoniga yashirin ravishda kirgan. Shundan so‘ng yotoqxonada joylashgan shkaf ichida turgan ayollar qo‘l sumkasi ichidagi 1.000 AQSh dollari, 1.325.000 so‘m miqdoridagi pul, bir dona 2.200.000 so‘mlik tilla zanjir, bir komplekt 1.600.000 so‘mlik och yashil ko‘zli tilla uzuk-sirg‘a, bir komplekt 1.600.000 so‘mlik to‘q tilla uzuk-sirg‘a va bir juft 300.000 so‘mlik bolalar tilla sirg‘alarini, hammasi bo‘lib 15.466.360 so‘mlik mol-mulklarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudining sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sud sudlanuvchining ayol kishi ekanligini, muqaddam sudlanmaganligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, yetkazilgan moddiy zararlarni to‘liq qaytarilganligini, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisining kafillik xatini inobatga olib sudlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi JK ning 57-moddasini qo‘llab 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Otabek Nabiyev

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudi raisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring