Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qo‘yliq» bozori qaysi hududga ko‘chirilishi ma’lum bo‘ldi

«Qo‘yliq» bozori qaysi hududga ko‘chirilishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

«Qo‘yliq» bozori hozirgi joylashgan manzildan taxminan 8 km uzoqqa ko‘chiriladi. Bu haqda Podrobno.uz ma’lum qilmoqda.

Yangi manzil Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani, Mehnatobod ko‘chasida joylashgan. Bu yerda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo bozorlari uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar allaqachon qurilgan bo‘lib, egalari chakana savdo maydonchalarini ijaraga berishmoqda.

Foodcity oziq-ovqat tarqatish markazining umumiy maydoni 84 ta futbol maydoniga teng, bu yerda 2,5 ming do‘kon va savdo rastalari mavjud. Bu mamlakatdagi eng yirik oziq-ovqat bozori bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, aholiga qulaylik yaratish maqsadida yaqin atrofda nafaqat Toshkentdan, balki mamlakatimizning boshqa viloyatlaridan ham avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan yirik transport uzellari barpo etilgan. Avtoturargoh 3 mingta mashinaga mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring