Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston «DXR» va «LXR»dagi referendumlar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Qozog‘iston «DXR» va «LXR»dagi referendumlar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov Rossiya egallab olgan Ukraina hududlari — «DXR» va «LXR» hamda Zaporijjya va Xerson viloyatlarida o‘tkazilayotgan referendumlar bo‘yicha Qozog‘istonning pozitsiyasini ma’lum qildi.

«O‘zini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlar, shuningdek, Zaporijjya va Xerson viloyatlari harbiy ma’muriyatlari tomonidan Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar o‘tkazilishiga kelsak, Qozog‘iston davlatlarning hududiy yaxlitligi, ularning suveren tengligi va tinch-totuv yashash tamoyillaridan kelib chiqib ish yuritadi», — dedi Aybek Smadiyarov.

U Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ushbu masalada xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilish muhimligini bir necha bor aniq ta’kidlaganini eslatdi.

Nizomda BMTga a’zo davlatlarning tinchlikni saqlash va davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish mas’uliyati haqida so‘z boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring