Qozog‘istonda boks termasi mutasaddilari to‘liq ishdan chetlatildi
Qozog‘istonda boks bo‘yicha erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabi ishdan butunlay chetlatildi.
Qozog‘iston boks federatsiyasi qarori Sport qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Shunday qilib, quyidagi o‘zgarishlar yuz berdi:
1. Bosh murabbiy Mirzagali Aytjanov va murabbiylar shtabi tarkibidan 10 nafar mutaxassis egallab turgan lavozimidan ozod etildi, Qozog‘iston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Aziz Kojambetov ham o‘z lavozimini tark etdi.
2. Boks bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Tursingali Edilov Qozog‘iston boks federatsiyasi prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Yangi murabbiylar shtabi keyinroq tanishtiriladi, deyiladi OAV xabarida. Mazkur qarorlar katta ehtimol bilan Parij olimpiadasidagi muvaffaqiyatsizliklar bilan bog‘liq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter