Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda kana chaqishidan ikki kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda kana chaqishidan ikki kishi halok bo‘ldi

Qizilo‘rda viloyatida ikki kishi kana chaqishi va Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallangan. Kasallik o‘limga olib keldi, deb xabar beradi «Zakon.kz».

Qayd etilishicha 77 yoshli va 51 yoshli erkak kasalxonaga olib kelinganida og‘ir ahvolda bo‘lishgan.

Ikkala bemor ham vafot etdi. Ularga Kongo-Qrim gemorragik isitmasi tashxisi qo‘yilgan.

«Har bir holatni qayd etishda shaxsiy hududlar, chorva hovlilari va hayvonlarni dezinfeksiya qilish 12 soat ichida amalga oshiriladi. Barcha aloqada bo‘lgan shaxslar 14 kun davomida shifokor nazoratida bo‘ladi. Umuman olganda, uch oy — may, iyun va iyul oylari kanalarning faollashish vaqti. Shu sababli, aholidan ehtiyot bo‘lishlarini va kana chaqqan taqdirda darhol shifokorga murojaat qilishlarini so‘raymiz», deydi Qizilo‘rda viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Aliya Abdiqaimova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring