Qozog‘istonda kuchli portlash. Aholi tezkor evakuatsiya qilinmoqda (video)

Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan 44856-sonli harbiy qismning omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda «Sputnik».
Portlash bugun, 24-iyun kuni ertlab soat 9:20 da sodir bo‘lgan. Mahalliy aholi kuchli portlash, olov va tutunni kuzatmoqda va hatto osokolkalar hushtak chalib uchib o‘tishi ham eshitilmoqda.
Portlash aholi turar joylariga yaqin joyda sodir bo‘lgani tufayli bu hududda yashovchilar tezkorlik bilan o‘z transport vositalarida Chimkent shahriga chiqib ketishga harakat qilmoqda.
Shuningdek, Turkiston viloyati hokimligi va favqulodda vaziyatlar vazirlgi aholiga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda. Xususan xavfsiz joylarda 15ta evakuatsiya punktlari ochilgan va odamlar u yerlarga evakuatsiya qilinmoqda. Evakuatsiyada 40ta avtobus ishtirok etmoqda. Ma’lumot uchun Aris shahrida 43 ming kishi yashaydi.
Bevosita yong‘in sodir bo‘lgan joyda 75 nafar o‘t o‘chiruvchilar va 16 ta yong‘in o‘chirish texnikasi va kinologlar brigadasi ishlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter