Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda og‘ir jarohatlangan o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Qozog‘istonda og‘ir jarohatlangan o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Foto: Tashqi migratsiya agentligi

Namangan viloyatidan M.T oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli Qozog‘istondagi qurilish ob’yektida ishlash maqsadida ketadi. Ish jarayonida baxtsiz hodisa sababli og‘ir tan jarohati oladi va shifoxonaga joylaytiriladi.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqaroga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat jarayonlari tashkil qilindi.

Fuqaro salomatligi barqarorlashgandan so‘ng, Olmaotadan Toshkentga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tibbiy xodim kuzatuvida reanomobilda olib kelindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring