Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonlik Bibisora Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi

Qozog‘istonlik Bibisora Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi

Foto: «Zakon.kz»

Qozog‘istonlik shaxmatchi, 17 yoshli Bibisora Asaubayeva xotin-qizlar o‘rtasida eng yosh jahon chempioni sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.

Blitsda birinchi o‘rinni egallagan Asaubayeva ayollar shaxmati tarixidagi eng yosh chempionga aylandi. Bibisora Asaubayeva 2021-yilning 30-dekabrida Polshada o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibasi bo‘lgandi.

Yodingizda bo‘lsa, o‘sha jahon chempionatida o‘zbekistonlik 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov shaxmatning rapid musobaqalarida chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring