Qozog‘istonning vaqtincha rahbari kim bo‘lishi ma’lum qilindi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bugun xalqqa murojaat qilib, o‘z lavozimidan iste’fo berganini xabar bergandik.
Endi saylovgacha Qozog‘iston Prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Qosim-Jomart Tokayev bajarib turadi. Nazarboyev o‘z chiqishida Tokayevga katta ishonch bildirishini aytgan.
Qosim-Jomart Tokayev 2013-yildan beri Parlament Senati spikeri hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter