Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir bor QQS haqida: Moliya vazirligi va DSQ tushuntirish berdi

Yana bir bor QQS haqida: Moliya vazirligi va DSQ tushuntirish berdi

2019-yilning 1-yanvaridan soliq to‘lashga kiritilgan o‘zgartirishlar, xususan, QQSga o‘tish masalasida aksariyat soliq to‘lovchilarda savollar tug‘ilishi tabiiy. «Buxgalter.uz» yozishicha, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va budjetga to‘lashdagi ayrim masalalarni tushuntiruvchi xatni o‘zining hududiy boshqarmalariga yubordi.

QQS to‘lovchisiga aylangan korxona tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha yetkazib beruvchiga to‘langan soliqni hisobga olish huquqiga ega. Bu Soliq kodeksining 218-moddasida belgilangan.

Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining qiymatida mavjud bo‘lgan QQSni faqat quyidagi hollarda hisobga olsa bo‘ladi:

  • QQS summasi TMZ (ishlar, xizmatlar) olinganda to‘langanda va birlamchi hujjat bilan tasdiqlanganda;
  • QQS summasi soliq to‘lovchining hisob siyosatiga muvofiq tovarning tannarxiga kiritilganda.

Xatda 2019-yilning 1-yanvaridan QQS to‘lashga o‘tgan tadbirkorlik sub’yektlarining harakatlari tartibi bayon etilgan.

Xususan, tadbirkorlik sub’yektlari quyidagilarni amalga oshirishlari kerak:

  1. Joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra tovar-moddiy zaxiralarning inventarizatsiyasini o‘tkazish.
  2. Ortiqcha to‘lanmalar aniqlanganda ularni daromadga kiritgan holda bozor qiymati bo‘yicha kirim qilish.
  3. QQSsiz tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining qiymati hamda xarid qilinayotganda TMZning tannarxiga kiritilgan soliq summasini belgilash. TMZning qiymatini kamaytirish bilan hisobga kiritish uchun QQS summalari quyidagi provodkalarda aks ettiriladi:
  • budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti (4400);
  • tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti (1000; 2800; 2900).
  1. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab tovar-moddiy zaxiralarning realizatsiyasi QQS bilan birga amalga oshiriladi. Bunda TMZni xarid qilayotganda yetkazib beruvchidan olingan hisobvaraq-fakturadagi QQSning summasi hisobga olinadi.
  2. Soliq kodeksining 401-bobiga muvofiq QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi soliq to‘lovchilar soliq solinadigan oborotlar bo‘yicha QQS summasini soliq solinadigan baza va farqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda xarid qilingan TMZ bo‘yicha QQSni hisobga olishni qo‘llamasdan aniqlaydilar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring