Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rashk sabab xotinini o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

Rashk sabab xotinini o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

2022-yilning yozida Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida er avval rashk sabab xotinini xususiy uy bog‘chasidagi bolalar ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib urganligi, bir kun o‘tib esa qaynotasining uyiga borib turmush o‘rtog‘i M.X.ni oshxona pichog‘i bilan jarohatlab o‘ldirgani haqidagi xabar tarqalgan edi.

Keyinchalik erkakning protsessual tartibda ushlangani va tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilgan.

Rashk sabab xotinining qotiliga aylangan erkakka sud hukmi o‘qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumani sudida sudya Doniyor Azimov raisligida ko‘rilgan mazkur jinoiy ish aybdorni ozodlikdan mahrum qilish bilan tugadi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak Jinoyat kodeksining 97-modda 2-qismi «j» bandi hamda 164-modda 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilgan va 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring