Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: O‘zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi

Rasman: O‘zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun — yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. 

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun — dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun — seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

Shuningdek, hujjat bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari, mas’ul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring