Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev Toshkent shahar hokimi etib tayinlanishi mumkinligiga izoh berdi

Rasul Kusherbayev Toshkent shahar hokimi etib tayinlanishi mumkinligiga izoh berdi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sobiq deputati Rasul Kusherbayev Toshkent shahri hokimi lavozimini egallashi haqida mish-mishlar tarqaldi. Sobiq deputat bu haqidagi gaplarga izoh berdi.

«To‘g‘risi, shunaqa gaplar tarqalib ketibdi. O‘zim ham hayron bo‘ldim. Bu odamlarning xohishi bo‘lishi mumkin, lekin aniqki, rahbariyatning emas. Men shunday deb o‘ylayapman. Rahbariyat, menimcha, buni xohlamaydi. Chunki, yoqadimi, yo‘qmi, hokimiyatlarga, hokimlarga bo‘ladigan qonuniy topshiriqdan ko‘ra noqonuniy topshiriqlar juda ham ko‘p. Va hokimlar o‘zlari istagan-istamagan holda noqonuniy topshiriqlarni ham bajarishga majbur bo‘lishadi», — deydi u.

Uning aytishicha, hokim ushbu noqonuniy topshiriqlar deb qonunni buzadi, lekin unga kelganda prokuror ham, boshqasi ham ko‘zini yumib turadi.

«Hokim bo‘lib ishlagandan keyin noqonuniy ishlarni qilishga to‘g‘ri keladi. Va hozirgi sharoitda har qanday iqtidorli, bilimli odamni ham bunaqa ishlar sindirib qo‘yishi mumkin», — deya ta’kidladi u.

Uning fikricha, «rahbariyat» va «ko‘rsatma beruvchilar» uning tayinlanishidan manfaatdor emas, chunki, ularning noqonuniy topshiriqlari ko‘p. «Men ularni hech qachon bajarmayman», qayd etgan sobiq deputat.

Rasul Kusherbayevning fikricha, prezidentni, deputatlarni adashmay saylay olayotgan odamlar hokimni ham saylash olish qo‘lidan keladi.

Eslatib o‘tamiz, Rasul Kusherbayevning deputatlik vakolati o‘z arizasiga muvofiq muddatidan oldin tugatilgandi.

Ushbu hafta boshida Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan bo‘shatildi, uning o‘rniga  Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring