Ravshan Ermatov superliga 1-turida markaziy o‘yinni boshqaradi

Xabaringiz bor, 1-mart kuni mamlakat milliy chempionati — superliga o‘yinlariga start beriladi.
O‘zPFL rasmiy saytida birinchi tur o‘yinlariga tayinlangan hakamlar e’lon qilindi. Taniqli FIFA referisi Ravshan Ermatov «Neftchi» va «Nasaf» uchrashuvini boshqaradi.
Demak, uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlar ro‘yxati quyidagicha:
Superliga, 1-tur
1-mart (payshanba)
«Neftchi» (Farg‘ona) – «Nasaf» (Qarshi)
Hakamlar: R.Ermatov (Toshkent), A.Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent), J.Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: A.Xotamov.
«Qizilqum» (Navoiy) – «Lokomotiv» (Toshkent)
Hakamlar: A.Asimov (Toshkent), A.Kalinin (Qarshi), A.Burov (Buxoro), F.Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: M.Ismoilov (Toshkent).
2-mart (juma)
«Paxtakor» (Toshkent) – «So‘g‘diyona» (Jizzax)
Hakamlar: T.To‘xtasinov (Andijon), A.Marajabov (Andijon), Z.Abdurahmonov (Andijon), A.Najafaliyev (Toshkent).
Nazoratchi: F.Abdullayev (Toshkent).
«Metallurg» (Bekobod) – «Navbahor» (Namangan)
Hakamlar: V.Serazitdinov (Toshkent), T.Gaynullin (Toshkent), A.Sapenko (Toshkent vil.), R.Lutfulin (Toshkent).
Nazoratchi: B.Tog‘ayev (Toshkent).
3-mart (shanba)
«Bunyodkor» (Toshkent) – AGMK (Olmaliq)
Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy), O.Jumayev (Navoiy), R.Samandarov (Navoiy), E.Tursunov (Buxoro).
Nazoratchi: I.Nexochin (Namangan).
«Buxoro» (Buxoro) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
Hakamlar: V.Seytlin (Toshkent), T.Galeyev (Toshkent), A.Sidorov (Toshkent), A.Shukurullayev (Toshkent).
Nazoratchi: A.Popov (Toshkent).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter