Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Rayyona Qutlug‘» ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi

«Rayyona Qutlug‘» ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida yuzlab fuqarolarni katta miqdordagi pullarga chuv tushirgan «Rayyona Qutlug‘» MChJ rahbarlaridan biriga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi 9 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, zararlarni qoplash bo‘yniga qo‘yildi. Uning jinoiy sheriklaridan biri chet elga qochib ketgan.

22 may kuni chiqarilgan hukm bilan, ayblanuvchi JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan, deb topildi va 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ma’lum qilinishicha, sud hukmida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar qoplanishi ham ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, nashrimizda o‘tgan yilning avgust oyida ushbu firma bilan bog‘liq surishtiruv e’lon qilingandi. 

1991-yilda tug‘ilgan E.E. va 1988-yilda tug‘ilgan Z.G. 2022-yilning 10-yanvar kuni «Rayyona Qutlug‘» nomli mas’uliyati cheklangan jamiyatni tashkil qilib, 1 avgust kuniga qadar faoliyat olib borgan.

Shu davrda fuqarolarga avtomashina hamda uy-joylarni boshlang‘ich to‘lovni 10 foizdan 50 foizgacha miqdorda to‘lab, qolgan pullarni 40 ish kunidan 3 yilgacha bo‘lgan muddatda bo‘lib to‘lash imkonini beruvchi shartlar asosida olib berishi mumkinligini bildirishgan.

Mijozlarni ishontirish maqsadida ular bilan shartnoma tuzishgan. Biroq MChJ mansabdor shaxslari fuqarolar tomonidan boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘langan pullarni, jami 15 mlrd. so‘mdan oshiq pullarni o‘zlashtirishgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring