Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Robert Dauni chaynagan saqich 40 ming dollarga sotiladi

Robert Dauni chaynagan saqich 40 ming dollarga sotiladi

eBay foydalanuvchisining aytishicha, u Marvel yulduzi kichik Robert Daunining saqichini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Auksionda saqichning boshlang‘ich narxi 40 147,47 dollar etib belgilangan. Biroq, agar unga savdolar boshlangan bo‘lsa, narx yanada oshishi mumkin. Auksion 31 mart, juma kuni tugaydi.

Saqich auksion ishtirokchilariga plastik idishda yuboriladi.

Sotuvchi ushbu saqichni tasodifan qo‘lga kiritganini aytadi. U Gollivud Shon-sharafi xiyobonida aktyor Jon Favro nomi yozilgan yulduzni o‘rnatish marosimi guvohi bo‘lgan.

«Tadbir davomida kichik Robert Dauni saqichini yulduz ustiga qo‘yib, o‘sha yerda qoldirib ketdi. Men uni olishga muvaffaq bo‘ldim. Uni qanday holatda olgan bo‘lsam, xuddi shunday holda sotaman, unda DNK tekshiruvi ham o‘tkazish mumkin», — deydi sotuvchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring