Rossiya sobiq elchini xalqaro qidiruvga berdi
Vrublevskiy nafrat yoki adovat qo‘zg‘atishda ayblanmoqda. 2022 yil avgustida u Ukraina «iloji boricha ko‘proq ruslarni o‘ldirish»ga harakat qilishi kerakligini aytgandi. O‘sha yilning oktyabr oyida prezident Zelenskiy uni lavozimidan chetlatgan.
Moskvaning Basmanniy tuman sudi Ukrainaning Qozog‘istondagi sobiq elchisi Pyotr Vrublevskiyni dunyo bo‘ylab imkon qadar ko‘proq rossiyaliklarni o‘ldirish chaqiriqlaridan keyin qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida sirtdan hibsga olishga ruxsat berdi. TASS xabariga ko‘ra, diplomat federal va xalqaro qidiruvga berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya sobiq elchini 2024 yil 6 fevralda ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter