Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining uchinchi uchrashuvi yakunlandi
![Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining uchinchi uchrashuvi yakunlandi](https://xabar.uz/static/crop/3/6/920__95_3689769293.jpg)
Belarusning Belovejskaya puщa hududida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi yakunlandi. Bu haqda Rossiyaning Minskdagi elchixonasiga asoslanib, «Interfaks» xabar berdi.
Muhokama yopiq eshiklar ortida o‘tdi va uch soatdan ortiq davom etdi. Uchrashuv davomida tomonlar bir marta tanaffusga chiqishdi.
«Gumanitar koridorlarning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashda ijobiy siljishlar bor. Kelishuvning asosiy siyosiy bloki, o‘t ochishni to‘xtatish va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha maslahatlashuvlar davom etadi», — dedi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak.
Rossiya gumanitar koridorlar 8 martdan ishlay boshlaydi, deb umid qilmoqda.
«Muzokaralardan kutganimiz to‘liq amalga oshmadi. Umid qilamizki, keyingi safar oldinga yanada muhimroq qadam tashlay olamiz», — dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy.
Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiya va Ukraina delegatsiyalari uchta uchrashuv o‘tkazdi. Birinchisi 28 fevralda, ikkinchisi 3 mart kuni bo‘lib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter