Rossiyada mudhish YTH. 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasi Stavropol o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida «Tezkor raqamlari» ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga fuqaro A.Boymatovdan tushgan ma’lumotga ko‘ra, (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasi hududida) kecha, 4-aprel kuni soat 18:39 da Rossiya Federatsiyasi Izobil shahar okrugining «Stavropol-Novoaleksandrovsk» avtomobil yo‘lida «VAZ-2101» rusumli yengil avtomobil «Isuzu» rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
YTH natijasida O‘zbekiston Respublikasining 4 nafar fuqarosi vafot etgan.
Vafot etgan fuqarolar:
1. Jumaqulov Shuhrat, 1983-y.t.
2. Tagayev Mirjalol, 1991-y.t.
3. Qarshiyev Muhritdin, 1995-y.t.
4. Yunusov Bahrom, 1988-y.t.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan fuqarolar Jizzax viloyati Zomin tumanidan.
Vafot etganlarning jasadlari Izobil shahar okrugining markaziy kasalxonasiga olib borilgan.
Ushbu ma’lumotni Rossiya Federatsiyasi favqulodda vaziyatlar boshqaruvi milliy markazi tomonidan tasdiqlandi.
Ushbu voqea yuzasidan batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ochilgan «Tezkor raqam» (+998 71) 147-10-50 dan olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter