Rossiyada «o‘lmas polk» yurishida prokuror, general va yepiskop har-xil nom ostida bir kishining rasmini ko‘tardi
Rossiya federatsiyasining Mordoviya respublikasi IIV rahbari general-mayor Yuriy Arsentev, prokuror Aleksandr Filimonov va yepiskop Veniamin Kirillov «o‘lmas polk» yurishi vaqtida bir kishiga tegishli bo‘lgan, ammo ostiga turli nomlar yozilgan rasmni ko‘tarishdi.
Rasmlardan birida urush faxriysining nomi Kudashkin Matvey Andreyevich, deb yozilgan bo‘lsa, boshqasiga Kudashkin Andrey Matveyevich sifatida berilgan. E’tiborli tomoni, «o‘lmas polk» yurishidan fotogalareya IIV rasmiy saytida e’lon qilingach mutasaddilar har-xil nom ostida bir kishining rasmini ko‘tarib yurgani oshkor bo‘lgan.
Bu borada xabarlar paydo bo‘lgach IIV rasmiy saytidan rasmlar o‘chirib tashlandi. Aniqlanishicha, darhaqiqat Kudashkin Matvey Andreyevich ismli shaxs ikkinchi jahon urushida qatnashgan. U 1905 yilda Mordoviyadagi Bayevo qishlog‘ida tug‘ilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter