Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada «Yil voqeasi» e’lon qilindi

Rossiyada «Yil voqeasi» e’lon qilindi

Foto:«Most.life»

Rossiyaliklar 2018-yilning eng e’tiborga molik hodisalarini qayd etdilar. «Levada-Sentr» tadqiqot markazining ma’lumotlariga ko‘ra, Qrim ko‘prigining ochilishi «Yil voqeasi» deb topilgan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi. 

Mazkur so‘rovnoma 13-19-dekabr kunlari 1600 kishi o‘rtasida o‘tkazilgan. Kuchli uchlikdan Qrim ko‘prigi ochilishi, pensiya islohoti va prezidentlik saylovlari o‘rin egallagan. Voqealar mos ravishda 47, 46 va 37 foiz ovoz to‘plagan.

Shuningdek, voqealar o‘ntaligiga futbol bo‘yicha jahon chempionati, Kemerovodagi savdo markazida yong‘in, Kerch qo‘ltig‘ida Ukraina bilan mojarolar ham kirgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring