Rossiyada kampirni qutqaraman deb yong‘in ichida qolgan samarqandlik yigit reanimatsiyada yotibdi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali bir ayolning shifoxonada og‘ir ahvolda yotgan ukasi haqida so‘zlab bergan videoroliklari tarqaldi. Ayni damda u ayol ukasini qutqarish uchun Rossiyaga kelgan.
Uning aytishicha, jabrlangan Nuriddin Qirg‘izovning asli kelib chiqishi Samarqanddan bo‘lib, Moskva viloyatining Pushkin tumanida, Sofrino qishlog‘i yaqinida ishlagan.
Nuriddin kechga yaqin ko‘chaga chiqqan va yong‘in ichida qolgan uyni ko‘rgan. Uy ichida esa keksa ayol bo‘lgan. Uni qutqarish uchun Nuriddin ichkariga kirgan.
Hozirda yigit Pushkin shahridagi shifoxonaning reanimatsion bo‘limida shifokorlar nazoratida yotibdi. U sun’iy ventilyasiya (shamollatish) sababligina tirik. Bu ahvolda uni O‘zbekistonga olib ketish juda xavfli.
Moskvadagi kuyish markazining mutaxassislari yigitni davolash uchun 2 million rubl kerakligini aytishmoqda. Hozir uning opasi mazkur mablag‘ni topish uchun yordam so‘rab qator xayriya tashkilotlariga murojaat qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter