Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rufat Risqiyevga har oyda ming dollar beriladi

Rufat Risqiyevga har oyda ming dollar beriladi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov o‘zbek boksi afsonasi, birinchi jahon chempioni Rufat Risqiyev bilan uchrashdi.

Ma’lum qilinishicha, Rufat Risqiyevga Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) umrbod moddiy yordam beradigan bo‘ldi. Unga ko‘ra, har oy 1 ming dollar miqdorida rag‘batlantirish belgilandi. 

13 may kuni IBA prezidenti Umar Kremlyov Toshkentda 73 yoshli bokschi bilan uchrashish uchun shifoxonaga bordi va unga chempionlik kamari bilan birga «G‘alabaga bo‘lgan iroda» mukofotini topshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring