Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rustam Assakalovga xato qimmatga tushdi

Rustam Assakalovga xato qimmatga tushdi

Yunon-rum kurashchimiz, ikki karra JCh sovrindori Rustam Assakalov (-87 kg) Tokio-2020 Olimpiadasida chorak final bahsini o‘tkazdi.

Tajribali kurashchimiz kun avvalida muxlislarimizga katta umid berdi. Biroq chorak final bahsida xorvatiyalik kurashchiga qarshi bahsning 1-bo‘limida yo‘l qo‘yilgan birgina xato barchasini hal qildi.

Ivan Xuklekning ishlab olgan 4 ochkosidan so‘ng kurashchilar boshqa ochko olishmadi.

Endi bor umidimiz Xuklekning finalga yo‘l olishidan. Shundagina Assakalov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring