Salkam 2 trillion so‘mlik zarar: Chirchiq daryosidagi noqonuniy faoliyat fosh etildi
Illyustrativ foto.
Chirchiq daryosi o‘zanidan ruxsatnomasiz qum-shag‘al olish natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,9 trln so‘mlik zarar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda «B.I.» MChJ mas’ul shaxslari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘zanidan maxsus texnikalar yordamida tegishli ruxsatnoma olmasdan 101,2 ming m3 noruda foydali qazilma hisoblangan qum-shag‘al xom ashyosini qazib olgani aniqlangan.
Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 1,9 trln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter