Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand ko‘chalarida 10 kun davomida harakat cheklanadi

Samarqand ko‘chalarida 10 kun davomida harakat cheklanadi

Foto: Xabar.uz

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilishi munosabati bilan, 2-12 sentyabr kunlari transport vositalari uchun Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi:

  • Sattepo massivi Turkiston ko‘chasining «Turizm kolleji» oldidagi tutashmasidan, 5-kichik hudud (mikrorayon)ga kirish yo‘li tutashmasigacha;
  • Kimyogarlar qo‘rg‘oni Umid ko‘chasining Ziyolilar ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan, Madaniyat saroyining oldigacha bo‘lgan qismida;
  • «Islohot ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishmasidan, «Lokomotiv» stadionining kirish qismigacha;
  • Depo ko‘chasining Arman ko‘chasi bilan tutashmasidan, «Lokomotiv» stadionining kirish qismigacha.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring