Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samarqand markazini ko‘chiramiz» — Prezident

«Samarqand markazini ko‘chiramiz» — Prezident

Arxiv foto

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand markazidagi ma’muriy binolar Gulobod massiviga ko‘chiriladi. Shahar markazi esa to‘lig‘icha turizmga ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyat faollar yig‘inida ma’lum qilib o‘tdi.

— Samarqand qadimiy shahar. Bu yerga turistlar qadimiy obidalarimizni tomosha qilish uchun keladi. Ammo ularga yetarlicha sharoit mavjud emas.

Shu sababli ma’muriy binolarni Gulobodga ko‘chiramiz. Shahar markazi esa to‘liq turistlarga ajratiladi. Bu yerda mashina ham yurishi mumkin emas, faqat sayyohlar sayr qiladigan, tarixiy obidalarimizdan bahra oladigan joy bo‘lishi kerak. Samarqandda turizmni rivojlantiramiz. Shuncha yo‘l bosib, Registonni ko‘rish uchun kelgan odam mashinalar orasida qolib ketmasligi kerak, — dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring