Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 6 yoshli qizaloq YTH sabab vafot etdi. Mashina boshqaruvida maktab o‘quvchisi bo‘lgan

Samarqandda 6 yoshli qizaloq YTH sabab vafot etdi. Mashina boshqaruvida maktab o‘quvchisi bo‘lgan

Joriy yilning 2-iyun kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, shu tumanda yashovchi fuqaroning Nexia-2 mashinasini uning 9-sinfda o‘qiydigan farzandi o‘sha kuni Yangihayot mahallasiga haydab chiqqan. Haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagan o‘quvchi mashinani yuqori tezlikda haydab kelayotganida yo‘lning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tmoqchi bo‘lgan 6 yoshli qizni urib yuborgan. Qiz shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, u vafot etgan.

Bola otasining aytishicha, mashina kaliti o‘zida qolgan paytda o‘g‘li undan so‘ramay, mashinani olib chiqib ketgan.

«Dadamdan so‘ramasdan mashinani ko‘chaga olib chiqqan edim. Mashinani yuvib chiqqanimdan keyin shu voqea bo‘ldi. Tormozni bosdim, tormoz ham ishlamadi. Qizcha oldimdan chopib chiqib qoldi. O‘zim tengi maktab o‘quvchilaridan hech kimga mashina haydashni maslahat bermayman», – mashina boshqaruvida bo‘lgan o‘quvchi.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring