Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda ayol bolasini qiynab, videoga oldi. IIB bayonoti

Samarqandda ayol bolasini qiynab, videoga oldi. IIB bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol o‘z bolasini qiynayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. 

Samarqand viloyati IIB ma’lumotiga ko‘ra, holat Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanining Andoqsoy MFY, Andoqsoy qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

2000 yilda tug‘ilgan X.U. ayni damda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan eri bilan o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida, jaxl ustida, bolasini qiynab, tasvirga olib turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

Hozirda holat yuzasidan IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat to‘liq o‘rganilib, fuqaroning harakatlariga huquqiy baho beriladi, deyiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring