Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samvel Babayan O‘zbekistonga qaytdi va mas’uliyatli lavozimni egalladi

Samvel Babayan O‘zbekistonga qaytdi va mas’uliyatli lavozimni egalladi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbek futbolining taniqli mutaxassislaridan biri Samvel Babayan «Lokomotiv» professional futbol klubi prezident maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, «uning katta tajribasi hamda o‘zbek futbolidagi samarali mehnatini inobatga olib» «Lokomotiv» rahbariyati ishga taklif etgan.

Samvel Babayan «Paxtakor»ga rahbarlik qilgan yillari klub 9 bor mamlakat milliy chempionati hamda 8 marta O‘zbekiston Kubogi g‘olibi deb topilgan. 

Samvel Babayan oldiga «Lokomotiv» rahbariyati quyidagi vazifalarni qo‘ygan:

1. Klub infratuzilmasini ko‘tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;

2. «Lokomotiv» bolalar va o‘smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;

3. Klub material-texnik bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ JCh-2018 yo‘llanmasidan quruq qolgach, Babayan iste’foga chiqarilgan edi. Keyinroq, u O‘FF (hozirda O‘FA-tahr) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgandi.

Hatto uning xujjatlari prokuraturaga topshirilgani aytilgandi. Biroq, vaqt o‘tmay Babayan Latviya chempionatida paydo bo‘lgandi.

Babayanning yana katta futbolda paydo bo‘lishi jurnalistlarda savol tug‘dirgan. O‘FA esa 2018-yil 1-fevral kuni diskvalifikatsiyani olib tashlanganini bildirgan.

Ammo na O‘FA rasmiy sayti va na boshqa OAVlarda Babayandan diskvalifikatsiya olib tashlangani haqida e’lon qilinmagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring