San’atkorlar talabalarga ochiq dars o‘tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan 16 sentyabr kuni «Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi - yoshlar uchun hayot maktabi» mavzusida ochiq namunaviy dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan darsni universitet rektori Alisher Umarov ochib berdi.
Ochiq dars mashg‘ulotida Abdulla Avloniy tarixiy-badiiy o‘zbek filmi rejessyori, Shuxrat medali sohibi Muzaffarxon Erkinov, O‘zbekiston xalq artisti Gavxar Zokirova, kino va teatr aktyori Ma’ruf Otajonov, Milliy teatr aktyori Hamza Xasanov va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xodimi, shoira Farog‘at Xudoyqulova qatnashdi. Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazining Chilonzor tuman bo‘limi raxbari Umid Tursunov tomonidan Avloniy shaxsiyati, uning ta’limiy-axloqiy asarlarining bugungi kunda yoshlarimiz uchun muhim ahamiyati va dolzarbligi to‘g‘risida talabalarga ibratli hikoyalar ma’ruza qilib berildi.
Dars yakunida universitet talabalari Abdulla Avloniy ijod namunalari asosida badiiy chiqishlar qilishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter