Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sankt-Peterburgda chaqalog‘ini sotayotgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgda chaqalog‘ini sotayotgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Foto: «1ul.ru»

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi tergov organlari tomonidan o‘zbekistonlik 27 yoshli ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (RF JK 127-modda — «Odam savdosi»).

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, bu ayol 2018-yilning 12-sentyabr kuni Sankt-Peterburg shahrining Korablestroiteli ko‘chasidagi uylardan birining yonida 2018-yil 7-sentyabr kuni tug‘ilgan o‘g‘lini 208 ming rublga xaridor sifatida o‘zini tanishtirgan, tezkor-qidiruv tadbirida qatnashayotgan politsiya xodimiga sotayotgan paytida qo‘lga olingan.

Go‘dak tegishli bolalar muassasasiga topshirilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring