Sarvar Boboxo‘jayev TATU rektori etib tayinlandi. Avvalgi rektor Moliya institutiga o‘tdi

Sarvar Boboxo‘jayev
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Boboxo‘jayev Sarvar Najimovich TATU rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.
Shu vaqtga qadar TATU rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Teshabayev To‘lqin Zakirovich Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter