Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Messiga Ronalduning maoshidan ikki barobar ko‘proq pul bermoqchi

Saudiya Messiga Ronalduning maoshidan ikki barobar ko‘proq pul bermoqchi

Saudiya Arabistoni hukumati «PSJ» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga katta shartnoma taklif qilishga tayyor.

Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, 35 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionati klublaridan biriga o‘tsa, yiliga 400 million yevro (320 million funt) maosh olishi mumkin bo‘ladi.

«Al-Nasr» futbolchisi Krishtianu Ronaldu esa hozirda 165 million funt maosh oladi.

Yaqin orada Saudiya Arabistoni hukumati vakillari Messining otasi bilan muzokaralar olib borishadi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi PSJ mashg‘ulotlarida qatnashish o‘rniga Saudiya Arabistoniga ketib qolgani ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring