Saxiy boshliq sovg‘asi: konsert chiptasidan tortib avtomobilgacha...
Angliyaning Connect Management kompaniyasida bu yilgi Yangi yil xodimlar uchun unutilmas bayramga aylandi. Kompaniyaning bosh direktori Bendji Lesli saxiylikda rekord qo‘ydi — jamoasi uchun 100 ming funtdan ortiq mablag‘ni sovg‘alarga sarfladi.
Bayram tadbirida xodimlarga raqamli sharlardan birini tanlash taklif etildi. Har bir raqam ortida esa syurpriz yashiringan edi: qimmatbaho gadjetlar, dizaynerlik ko‘zoynaklari, konsertlarga chiptalar va yana ko‘plab yoqimli sovg‘alar.
Biroq Xloi ismli xodimaga eng katta omad kuldi. U kompaniyada bor-yo‘g‘i bir necha oydan beri ishlab kelayotganiga qaramay, shunday baxtli raqamni tanladiki, natijada Range Rover avtomobili va bir yillik sug‘urtaga ega bo‘ldi.
Bu voqeadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda faqat bitta savol aylanmoqda: “Bunday kompaniyaga ishga qanday kirsa bo‘ladi?”


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter