Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sektor rahbarlari muammolarni hal qilmaguncha kabinetiga kirmaydi» — Prezident

«Sektor rahbarlari muammolarni hal qilmaguncha kabinetiga kirmaydi» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Surxondaryo viloyat faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun lozim bo‘lgan yordam berilgani, endi hammasi viloyat rahbariyatiga bog‘liq ekanini ta’kidlab o‘tdi.

— Biz hozir izlanishdamiz, kechagi kun bugunga to‘g‘ri kelmaydi. Muammolar ichiga kirganimiz sari uning ko‘lami ham o‘zgaryapti.

Odamlarning dardiga darmon bo‘lish uchun imkoniyat ham, sharoit ham, mablag‘ ham bor. Ammo samara yo‘q. Sektor rahbarlari muammolarni hal qilmaguncha kabinetiga kirmaydi. Mahallaga borsin, yoshlar, xotin qizlar, kambag‘al oilalar bilan shug‘ullansin.

Viloyatda Toshkentga bog‘liq bo‘lgan birorta masala qolmadi. Biz barcha yordamni berdik, endi hammasi o‘zingizga bog‘liq. Agar odamlar dardi bilan yashasak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Aks holda o‘rningizni bo‘shatib qo‘ying, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun 1 milliard 900 million so‘m ajratilishi ma’lum qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring